Mutlaqo yangi Kia
Harakat yo‘nalishini o‘zgartirish uchun shu yerda namoyon bo‘lmoqda
Bir zaryad uchun 497 km gacha*
0 dan 100 km/soat tezlikka 5,3 soniyada erishadi
Massaj va ventilyatsiya funktsiyalari bilan boshqaruvchi sinf o'rindiqlari
1 ta mavjud bo‘lgan komplektatsiyalar
Kia EV9 ’ni kutib oling. U o‘zining dadil, qat’iy dizayni bilan hayratda qoldirmoqda va elektromobillar uchun ilg‘or texnologiyalarni katta krossoverning afzalliklari bilan uyg‘unlashtirmoqda. Safarda siz uslub, kenglik, ekologik tozalik va avtomobil boshqaruvidagi xotirjamlikni his qilasiz.
Eksteryer
Old oynasi kichik egilish burchagiga, yon oynalari sathi esa sezilarli maydonga ega. Original orqa chiroqlar "Yulduzlar to’pmalami" kontseptsiyasi asosan yaratilgan g'ayrioddiy naqshlari bilan hayratga soladi. Ularning konturlari bamper, arkalarning kengaytmalari va eshiklar mo’ldinglarining shakllari bilan hamohang bo’lib, avtomobilga yanada salobatli ko'rinish bahsh etadi.
Kia EV9 salonining teksturalari va qoplama ranglari tabiatdan ilhomlangan. Uning interyeri yaratuvchilari Kia o‘zining so‘nggi modellarida foydalanish zarur deb hisoblagan ekologik toza materiallardan foydalangan. "Tabiiylik" qolipiga eng zamonaviy texnologiyalar nozik did bilan uyg‘unlashtirilgan.
Interyer
Barchasi eng mayda tafsilotlargacha puxta o'ylangan - "kayfiyatingizga mos" dekorativ yoritilish hamda relaksatsiya rejimiga ega o’rindiqlargacha
O'rindiqlarning joylashuvi
Dvigatel
Kia EV9 har qanday yo'lda o’zini ajoyib his qiladi. Ikkita elektr motor bu avtomobilga ajoyib dinamikani behsh etadi, past joylashtirilgan og'irlik markazi esa barqarorlik va mukammal boshqariluvni ta'minlaydi.
384л. с.
Dvigatel quvvati
700Н·м
Burovchi moment
5,3c
0 dan 100 km/s gacha tezlanishi (mazkur dvigatel uchun minimal qiymat)
Haydash
700 Н·м ga teng hayratomuz aylantiruvchi moment yomon sirtlarda o'zingizni dadil his qilishingiz imkoniyatini yaratadi. Terrain Mode tizimi esa - har xil qiyin sharoitlarda (qor, loy, qum) optimal rejimni tanlash imkonini beradi.
Haydovchiga yordam tizimlari
Kia ilg'or haydovchiga yordam tizimlaridan (ADAS) foydalanadi. Ular tufayli avtomobildagi yo'lovchilar va ko'chadagi piyodalar xavfsizligining maksimal yuqori darajasiga erishiladi.
Texnologiyalar
Haydovchi uchun barcha ma'lumotlar katta panoramali displeyda taqdim etilgan va qulay tarzda joylashtirilgan. Sensorli ekrandagi belgilarning joylashuvi intuitiv tushunarli bo'lib, tez va qulay tarzda avtomobilning holati haqidagi ma'lumotlar, uning sozlamalari va multimedia tizimi boshqaruvi o'rtasida almashish imkonini beradi.
Mustaqil hakamlar hay'ati ovoz berish yakunlari bo'yicha Kia EV9 avtomobili nemis jurnali Auto Bild tomonidan oilaviy avtomobil nominatsiyasida 2023 yilgi Oltin rul mukofotiga sazovor bo'ldi.
Zaryadlash
Kombinatsiyalangan zaryadlashni boshqarish tizimi 400V va 800V kuchlanishli zaryadlash moslamalarini qoʻllab-quvvatlaydi. Bu elektr mobilni sayohat paytida zaryadlash uchun koʻproq imkoniyatlarni taqdim etadi.
Bagaj
Salon makonining universal joylashuvi imkoniyatlari yo'lovchilar soni va ular yo'lda olib ketishi mumkin bo'lgan bagaj hajmi o'rtasida optimal muvozanatni topishga imkon beradi.
Kia avtomobillari avtomobil sanoatining eng yuqori darajadagi standartlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan. Aynan ushbu o‘ziga xos sifat Kia’ga noyob kafolat shartlarini taklif qilish imkonini beradi.