${0}

Kia dileriga aylaning

Biznesni takomillashtirish strategiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi dilerlik tarmog‘ini ustuvor rivojlantirish hududlari bo‘yicha hamkorlarni izlamoqdamiz.

Dilerlikka davogarlar uchun hujjatlar ro'yxati

Yanada samarali hamkorlik uchun nomzodlar dilerlik tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha mutaxassisga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak

To'ldirilgan hujjatlar quyidagi elektron pochta orqali yuborilishi kerak: development@roodell.uz

Afzallik

  • 2017-2018-yilda Kia J.D.Power nufuzli agentligidan sifat va ishonchlilik sohasida bir qator nufuzli mukofotlarni qabul qildi.
  • 2019 yilda brendning jadal rivojlanishi va innovatsion texnologiyalarini ta'kidlaydigan korporativ standartlar yangilandi.
  • O'zbekistonda Kia modellarining qatori doimiy ravishda yangilanib turadi, bu esa talabga javob beradi.
  • Distributor muvozanatli narx siyosati va keng ko'lamli aloqalarni amalga oshiradi
  • Mijozlar uchun uzaytirilgan kafolat: avtomobillar uchun 5 yil kafolat yoki 150 000 km masofani bosib o’tishi.
  • Sherik banklar bilan hamkorlikda Kia avtokredit dasturi.
  • Kia avtomobillari Jizzax EIH hududida ishlab chiqariladi.
  • Trade-in dasturi bo'yicha yangi Kia avtomobilini sotib olish uchun qulay taklif.

Dilerlikka nomzodlardan kutilayotgan natijalar

  • Avtomobil biznesidagi ish tajribasi (afzali xorijiy brendning rasmiy dileri sifatida).
  • Professional jamoa.
  • Samarali boshqaruv jamoasi.
  • Barqaror moliyaviy holat.
  • Kia ning korporativ standartlariga muvofiq dilerlik markazini qurish uchun investitsiyaviy salohiyati. Mavjud binolarni rekonstruksiya qilish va ularni amaldagi standartlarga etkazish imkoni mavjud.

Qanday qilib diler bo'lish mumkin

01

Anketani to'ldirish

Hamkorlikning birinchi bosqichi nomzod anketasini to'ldirishdan iborat.

02

Anketani yuklab olish

To'ldirilgan anketani elektron pochta orqali yuborish kerak development@roodell.uz

03

Anketani oldindan ma'qullash

Siz tomondan to'ldirilgan anketani olganingizdan va distribyutor tomonidan oldindan ma'qullangandan keyin Sizga hamkorlik shartnari haqida batafsil ma'lumot yuboriladi. Ushbu bosqichda Kia arxitektura va qurilish standartlariga muvofiq dilerlik markazini qanday qilib qurish kerakligini aniqlashga, mavjud dilerlik korxonasida ishlab chiqarish jarayonini eng samarali tashkil etishga yordam beramiz.

04

Hujjatlarni imzolang

Kia O'zbekiston tomonidan ijobiy qaror qabul qilingach dilerlikka nomzod bilan minfaqada rasmiy dilerni ochish loyihasini amalga oshirish bo'yicha jarayonlar va bajarilishi muddati aks ettirilgan "Maqsadlar to'g'risida bayon imzolanadi."

Majburiy emas

Maqsadlar to’g’risida bayon”ni amalga oshirishning barcha bosqichlarida nomzod distribyutorga loyihani amalga oshirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot beradi. Distribyutor loyihani amalga oshirish jarayonini nazorat qilish huquqiga ega. "Maqsadlar to’ g’ risida bayon "ning asosiy qoidalariga rioya qilmaslik, eskiz loyihasidan sezilarli darajada aniqlangan og'ishlarning mavjudligi yoki taqvim jadvalining jiddiy buzilishi distribyutor uchun loyihani amalga oshirishning istalgan bosqichida erishilgan kelishuvlarni bir tomonlama bekor qilish uchun etarli asosdir.

Sizni hamkorlikka taklif qilamiz va savollaringizga javob beramiz.

Muvaffaqiyatli hamkorlik istagi bilan.

Dilerlik tarmog'ini rivojlantirish bo'limi.

Saytdagi Kia brendi mahsulotlarining narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar faqat axborot berish maqsadida taqdim etilgan. Ko‘rsatilgan narxlar Kia dilerlarining amaldagi narxlaridan farq qilishi mumkin. Kia mahsulotlarining joriy narxlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish uchun Kia dilerlariga murojaat qiling. Kia brendining istalgan mahsulotini sotib olish yakka tartibdagi oldi-sotdi shartnomasi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Avtomobilning taqdim etilgan tasvirlari sotilayotganlaridan farq qilishi mumkin.

“Roodell” MChJ O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq o‘z faoliyatini olib boradi. Sotilgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida olish mumkin. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan subyektlarning iste’molchi xatti-harakatlari monitoringi o‘tkazilmaydi. Tegishli modellar va konfiguratsiyalar hamda ularning mavjudligi, narxlari, mumkin bo'lgan imtiyozlari va sotib olish shartlari haqidagi ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasidagi Kia dilerlaridan olishingiz mumkin. Mahsulot sertifikatlangan. Bu ommaviy offerta emas.