Yangi KIA
Yangi Smartstream G1.5 Mpi dvigateli
Bose premium-audio tizimi
O'rindiqlar ventilyatsiyasi
3 ta mavjud bo‘lgan komplektatsiyalar
Kia Sonet ishonchli va dinamik ko'rinishga ega. Lekin bular unng yagona emas fazilatlari emasdir. U ishonchlilik va nafislikning ajoyib uyg'unlashuvini taqdim etadi. Kengligi va samaradorligi bilan hushnud etadi. Sonetni boshqarish oson va eng ilg'or texnologik yechimlar bilan jihozlangandir. Ushbu krossoverning ixcham o'lchamlari ortida haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar yashiringan.
Dizayn
Yangi Kia Sonetning dizayni ushbu krossoverning ko'p qirrali imkoniyatlarini ta'kidlaydi. Sportcha silueti yo’ltanlamas avtomobilga hos aksentlar bilan uyg’unlahgandir. Yukxona bo'lmasi eshigi shakli universal foydalanish uchun yaratilgan: uzoq safar davrida juda ko'p yuklarni yuklash uchun ham, shahar bo'ylab qisqa sayohatlarda tez-tez ochish va yopish uchun ham bir xilda qulaydir. Kia Sonet imkon qadar funktsionallikka ega bo’lib, undan foydalanishda chinakam zavqni bag'ishlaydi.
Texnologiyalar
Haydovchining yuqori joylashuvi va ortni ko'rish kamerasi ajoyib ko'rinishni ta'minlaydi. Qurshab turuvchi qulaylik va yuqori texnologik yechimlar har bir safarda erkinlik, dinamika va haydashdan zavq olinishini ta'minlaydi. Kia Sonetning puxta oylangan interyeri kengdir, Premium toifadagi Bose audio tizimi esa uni yuqori sifatli, hajmli va yorqin tovush bilan to'ldirib, kontsert zaliga aylantiradi.
Yangi Kia Sonetda haydovchi va yo'lovchilar yuqori darajadagi qulaylik bilan sayohat qilishlari mumkin. O'rindiqlar mustahkam va qulay, stakan ushlagichlari, USB zaryadlovchisi ulagichlari, ko'plab mayda buyumlarni saqlash uchun bo’lmalar esa salon ichidagi har bir yo’lovchi uchun mavjud. Qurilmalar paneli va multimedia tizimi ekranining "Choksiz" ulanishi Sonetni Kianing boshqa model qatorlari bilan birlashtirib interyerni yanada zamonaviyroq qiladi.
Qulaylik
Ehtimol, o'zingizning kichkinagina ekspeditsiyangiz uchun rejalar tuzyapgandirsiz? Yoki safarda har qanday holatga tayyor bo'lishni istarsiz? Sonet, shahar ichra sayohatlarda ham, shahar tashqarisidagi sayohatlarda ham foydali bo'lgan ko'plab interyer va eksteryerning imkoniyatlari va optsiyalarini taklif etadi.
Dvigatel
Dvigatel va transmissiyaning samarali va ishonchli kombinatsiyasi Sonetni hatto zich shahar tirbandligida ham oson va qulay haydash imkonini yaratadi. Avtomobil zavqli xarakterga ega, shu bilan birga zamonaviy yuqori samarali bort elektron tizimlari tufayli dinamika va xavfsizlik bir-biri bilan mukammal tarzda uyg’unlashadilar.
115л. с.
Dvigatel quvvati
Н·м
Burovchi moment
10,6c
0 dan 100 km/s gacha tezlanishi (mazkur dvigatel uchun minimal qiymat)
Xavfsizlik
Siz tinch va osoyishta rulni boshqarishingiz uchun xavfsizlik va haydovchiga yordam tizimlari majmuasi. Sonetning haydovchisi va yo'lovchilarini 6 ta xavfsizlik yostiqchasi himoyalaydi. Kuzovning ko'plab elementlari yuqori bardoshli po'latdan yasalgan bo'lib, bu kuzovning qattiqligini ortiradi, to'qnashuv paytida zarb energiyasini mukammalroq tarzda taqsimlash va tarqatish imkonini berib, salonning yo'lovchilar zonasini va avtomobil ichida bo'lganlarni ishonchliroq himoyasini ta’minlaydi.
Kia avtomobillari avtomobil sanoatining eng yuqori darajadagi standartlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan. Aynan ushbu o‘ziga xos sifat Kia’ga noyob kafolat shartlarini taklif qilish imkonini beradi.