Yangi KIA

Carens

Atmosferali dvigatel 1.5 MPI

Salonning olti oʻrindiqli tuzilishi

Oʻrindiqlarning ventilyatsiyasi

Maxsus takliflar

Konfiguratsiyalar

Carens variantlari

4 ta mavjud bo‘lgan komplektatsiyalar

Comfort

314 900 000 UZS 304 900 000 so'm dan

Dvigatel

1.5 MPI / 115 o.k., Benzin

Asosiy opsiyalar

Yukxonadagi yukni mahkamlash uchun to'r

Yukxonadagi USB zaryadlash uskunasi porti

Uchinchi qator o'rindiqlari uchun konditsioner

Multimedia tizimi 8"

Luxe

339 900 000 UZS 329 900 000 so'm dan

Dvigatel

1.5 MPI / 115 o.k., Benzin

Asosiy opsiyalar

Kalit yordamida dvigatelni masofadan ishga tushirish (Smart Key uchun)

Оld va orqa yo‘lovchining oynako‘targichlari “Auto” funksiyali

Iqlim nazorati

Dvigatelni kalit bilan masofadan ishga tushirish (Smart Key uchun)

Premium

409 900 000 UZS 394 900 000 so'm dan

Dvigatel

1.5 MPI / 115 o.k., Benzin

Asosiy opsiyalar

Old o‘rindiqlarni isitish

Orqa tomonni ko‘rsatuvchi yon ko‘zgular elektr uzatmali va isitish tizimiga ega

Shiftdagi ikkinchi va uchinchi qator o'rindiqlar uchun havo o'tkazgichlar

Sun'iy charm bilan qoplangan o'rindiqlar

Premium+

429 900 000 UZS 414 900 000 so'm dan

Dvigatel

1.5 T-GDI / 160 o.k., Benzin

Asosiy opsiyalar

Tomdagi reylinglar

Nurli diodli (LED) kunduzi ishlaydigan chiroqlar

Ortni ko'rish ko'zgulari qatlanishi elektr privodi

Svetodiodli (LED) tumanga qarshi faralar

Ariza yuborishDilerlar bilan aloqalar

Yangi Kia Caren krossvenini kutib oling

Yangi Kia Carens’ning dizayni xay-tek uslubida, tabiatdan ilhomlangan elementlardan foydalanib yaratilgan. Qat’iy, dadil qiyofasi ortida eng zoʻr istiqbolga loyiq boʻlgan nafislik va yuksaklik yashirilgan. Vaqt sinovidan oʻtgan va koʻpchilikka manzur boʻlgan mazkur model mukammallikning yangi darajasiga koʻtarilgan boʻlib, hayratlanarli taassurotlarni taqdim etadi.

Eksteryer

Jasur va zamonaviy qiyofa

Kia Carens krossvenning taniqli va esda qolarli uslubi hissiyotlar va hurmatni uygʻotadi. Avtomobil jasur va dadil koʻrinishga ega boʻlib, shu bilan birga u eng zamonaviy ma’nodagi nafislikka ham egadir.

Ilhom bag‘ishlovchi interyer

Kia Carens’ning o‘rindiqlari ko‘rkam va zamonaviy bo‘lib, hatto yilning sovuq davrida ham qulaylikni ta’minlovchi isitish funktsiyasi bilan jihozlangan. Xay-tek uslubida ishlangan old panel, qulaylik muhitini yaratib haydovchini va yo‘lovchini go‘yoki o‘rab turadi. Avtomobilning interyeri har bir sayohatingizni mukammal qilish uchun mayda detallargacha sinchkovlik bilan puxta ishlangan.

Interyer

Sizning qulayligingiz uchun yaratilgan

Salonning kengligi – ushbu avtomobillar sinfidagi eng maqbullaridan biridir. Bu yerda chinakamiga dam olish va o‘zingizni his qilishingiz mumkin. Oilaviy sayohatga chiqish uchun joy yetarli – olti o‘rindiqli tuzilish bunga osonlikcha imkon beradi. Mato yoki ekocharm bilan bezatilgan o‘rindiqlar uch qator joylashgan. Uydan uzoq bo‘lganingizda ham o‘zingizni uyingizdaday his qiling.

Texnologiyalar

Har bir tafsilotigacha puxta o‘ylangan qulaylik

Gap qulaylik haqida ketgana, hatto eng kichik detallar ham muhimdir. Kia Carens’ning salonida ko‘plab kichik xususiyatlar mavjud bo‘lib, ular qisqa shahar ichra sayohatlarda ham, uzoq sayohatlarda ham ulkan qulaylik tuyg‘usini yaratadi. Transformatsiyalanuvchi salon, buyumlarni saqlash uchun turli xil bo‘lmachalar, qurilmalarni zaryadlash uchun alohida USB-C portlari va yana ko‘plab narsalar – bularning barchasi yangi Kia Carens’da mavjud.

Dvigatel

Zamonaviy benzinli dvigatellar va transmisiyalarning optimal tanlovi

Yangi Kia Carens oʻzining kuchli xususiyatlari bilan sizni hayratda qoldiradi. U dinamikasi va qiziqarli boshqaruvi bilan chinakamiga zavq baxsh etish imkoniyatiga ega.

115л. с.

Dvigatel quvvati

144Н·м

Burovchi moment

12,1c

0 dan 100 km/s gacha tezlanishi (mazkur dvigatel uchun minimal qiymat)

Xavfsizlik

Xavfsizlikning eng yuqori darajasi

Kia Carens uchun ushbu sinfdagi avtomobillari eng zoʻrlaridan biri boʻlgan, standartlarga qoʻshimcha xavfsizlik imkoniyatlarini oʻz ichiga oluvchii Robust 10 toʻplami taqdim etiladi. Ushbu toʻplam bilan Carens oʻz segmentidagi eng xavfsiz avtomobil unvoniga asosli ravishda da’vogarlik qiladi. Sizning xavfsizligingiz – biz uchun yangi model ishlab chiqilishining boshlanishidanoq amalga oshiriladigan vazifadir.

xizmat ko‘rsatish

Kafolat va servis

Kia avtomobillari avtomobil sanoatining eng yuqori darajadagi standartlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan. Aynan ushbu o‘ziga xos sifat Kia’ga noyob kafolat shartlarini taklif qilish imkonini beradi.

Saytdagi Kia brendi mahsulotlarining narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar faqat axborot berish maqsadida taqdim etilgan. Ko‘rsatilgan narxlar Kia dilerlarining amaldagi narxlaridan farq qilishi mumkin. Kia mahsulotlarining joriy narxlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish uchun Kia dilerlariga murojaat qiling. Kia brendining istalgan mahsulotini sotib olish yakka tartibdagi oldi-sotdi shartnomasi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Avtomobilning taqdim etilgan tasvirlari sotilayotganlaridan farq qilishi mumkin.

“Roodell” MChJ O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq o‘z faoliyatini olib boradi. Sotilgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida olish mumkin. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan subyektlarning iste’molchi xatti-harakatlari monitoringi o‘tkazilmaydi. Tegishli modellar va konfiguratsiyalar hamda ularning mavjudligi, narxlari, mumkin bo'lgan imtiyozlari va sotib olish shartlari haqidagi ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasidagi Kia dilerlaridan olishingiz mumkin. Mahsulot sertifikatlangan. Bu ommaviy offerta emas.