Yangi KIA
Kia Connect telematik xizmatlari
150 ot kuchiga ega 2.0 dvigatellar va 6AT avtomat
Xavfsizlik va haydovchiga yordam Intellektual tizimlari
2 ta mavjud bo‘lgan komplektatsiyalar
Yangi Kia Cerato ruliga o'tiring - va u Sizga butun kun davomidagi bardamlik va xotirjamlik tuyg'usini baxsh etadi. Ushbu ajoyib sedan ajoyib xususiyatlarga ega va eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan, va eng muhimi - bu zamonaviy, qulay va ishbob avtomobildir. Bunday sheriklikda hayot yangi ranglar bilan aks etadi
Eksteryer
Har safar Ceratoga ko'zingiz tushganida, Siz doimo juda ko'plab qiziqarli tafsilotlarni ilg’aysiz. Faralarning jasur va murakkab arxitekturasi. Radiator panjarasining geometriyasi va qanotlarning betakror konturi. Orqa chiroqlarning bagajnik qopqog’i chizig'i bilan organik mosligi. Ceratoning har bir liniyasi uning jozibali ko'rinishini to'ldiradi.
Ceratoning qurilmalar paneli, ortiqcha narsalar mavjud bo’lmagan dizayni tufayli nafis va yuqori sifatli ko‘rinishga ega. Nafis yechimlar, qurilmalar paneli va multimedia tizimining displeyidagi haydovchini xabardor qilishning puxta o'ylangan algoritmi. Bezalishdagi metall aktsentlar sportcha, shu bilan birga nafis ko'rinishni beradi, mo’tadil liniyalar esa turbina shaklidagi shamollatish teshiklarining yaxlit dizaynini to'ldiradi.
Texnologiyalar
Hatto eng kichik nuanslarda ham mavjud bo’lgan texnologik yechimlar, diqqat bilan haydashga ko’maklashadilar. Ekranga oddiy teginish yoki ruldagi qulay tugmalar yordamida audiotizimning turli funksiyalarini boshqarishingiz mumkin. Smartfonni simsiz zaryadlovchi qurilmaga qo\'yib, u haqda tashvishlanmasa ham bo’ladi: u doimo qo\'l ostida va zaryadlangan holda bo’ladi.
Drayv
Cerato ikkala dunyoning eng yaxshi tomonlarini o’zida mujassamlashtirgan: sportcha xarakterli manevrli podveskani va sezgir transmissiyani, shu bilan birga keng va qulay salonni. Nafis aerodinamik konturlar har qanday rakursdan nigohlarni jalb qiladilar, bunda, uning ko'zni effekli ko'rinishi esa bu avtomobil har qanday vaziyatga tayyor ekanligidan dalolat beradi.
Qulaylik
Ceratoning keng saloni – bu nafis liniyalar, qulay o'rindiqlar va teginishda yoqimli materiallardir. Barcha komplektatsiyalarda ikkala qatordagi o'rindiqlar qulay bo'rttirma yostiqlar bilan jihozlangan, orqa o'rindiqlarda esa ikki yoki uch yo'lovchini qulay joylashuvi uchun yetarli joy mavjud.
Sig'imlilik
XAVFSIZLIK
Drive Wise - bu Kia ADAS (Advanced Driver Assistance System) texnologiyalari majmuasi bo‘lib, uning maqsadi xavfsizlikni ta’minlash va kundalik avtomobil boshqaruvining zerikarli vazifalarini hal qilish orqali boshqaruvdan zavq olish darajasini oshirishdir. Takomillashtirilgan datchiklar va ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari avtomobil boshqaruvingizni imkon qadar xavfsiz, oson va samarali qilishga yordam beradi.
TEXNOLOGIYALAR
Kia Connect xizmatlari yordamida avtomobilingiz bilan doimo aloqada bo‘ling. Ilova va bort xizmatlari sizga avtomobilning turli funksiyalarini masofadan turib faollashtirish va istalgan vaqtda uning holati haqida dolzarb ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
Dvigatel
O‘z turkumida so‘zsiz yetakchi bo‘lgan Kia Carnival bilan innovatsiyalar olamini kashf eting. Yangi dizayn oilaviy krossvenga bejirimlik qo‘shadi, hashamatli interyer qulaylikni ta’minlaydi, yuqori darajadagi boshqaruv esa har qanday yo‘lda ishonchni kafolatlaydi. Yangi Kia Carnival sizning kundalik hayotingizni yangi taassurotlar bilan boyitadi.
128л. с.
Dvigatel quvvati
155Н·м
Burovchi moment
11,6c
0 dan 100 km/s gacha tezlanishi (mazkur dvigatel uchun minimal qiymat)
Kia avtomobillari avtomobil sanoatining eng yuqori darajadagi standartlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan. Aynan ushbu o‘ziga xos sifat Kia’ga noyob kafolat shartlarini taklif qilish imkonini beradi.