Yangi KIA
Tez orada Rossiyada
4 ta mavjud bo‘lgan komplektatsiyalar
Kia Bongo-kam tonnali yuk avtomobildir. Mazkur bardoshli, qulay va keng avtomobil muvaffaqiyatga erishish yo'lida sizning ishonchli hamkoringizga aylanadi. Biz haydovchi uchun qulay va xavfsiz ishlash joyini yaratishga alohida e'tibor qaratdik.
Texnologiyalar
Universal va puxta o'ylangan Kia Bongo, sizga eng kerakli funktsiyalardan foydalangan holda avtomobilni qulay haydash imkoniyatini beradi. U turli xil va murakkab ish sharoitlariga tayyor. U ishonchli va qulaydir. Va, albatta, Kia Bongo shahar ko'chalarida e'tibordan qolmaslik uchun yorqin tashqi ko'rinishga ega. Unga bir qarang: u sizni xuddi rulga egallashga taklif etayotganga o'xshaydi.
Kia Bongo salonining optimal komponovkasi, haydovchi uchun harakatlanishda ham, to'xtab turish vaqtida ham maksimal qulaylikni ta'minlaydi. Joyni o'zingizning xohishingiz bo'yicha konfiguratsiyalang. Hamma narsani o'zingiz uchun sozlang va qulayroq joylashing. Avtomobilni ish safari paytida qulay bo'lgan joyga aylantiring.
Hayratlanarli keng yuk platformasi, maxsus tashish shartlarini talab etmaydigan katta hajmdagi buyumlarni joylashtirishga imkon beradi. Kuzovning yon va ort tomonlari tushurilib, bu yuklashda qulaylikni ta'minlaydi. Maxsus mahkamlagichlar yukni mahkam o'rnatishga imkon beradi, rezina tirgaklar esa tashish paytida shikastlanishning oldini oladi.
Kia avtomobillari avtomobil sanoatining eng yuqori darajadagi standartlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan. Aynan ushbu o‘ziga xos sifat Kia’ga noyob kafolat shartlarini taklif qilish imkonini beradi.